15:17 / 03.03.2016
6439

"Majnun" filmi chiptalari sotuvga chiqdi

Premerasiga 1 oy borligidanoq ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylangan, jiddiy muhokamalar mavzusi bo‘lgan "Majnun" filmi chiptalari sotuvga chiqdi.

O‘ziga xos filmlari bilan shuhrat qozongan rejissyor Jahongir Ahmedovning uzoq vaqt davomida suratga olingan bu kinoasari 6 mart kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda ilk bor namoyish qilinadi.

Filmni 7 mart kunidan boshlab poytaxt kinoteatrlarida tomosha qilish mumkin.

Shu yilning yanvarida muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan "Baron" filmi rejissyori Rustam Sa'diyev bu filmning muvaffaqiyatga erishishiga ishonch bildirgan.

Top