16:22 / 03.03.2016
5158

O‘zbekiston milliy termasi FIFA reytingida pastlab, Osiyoning yettinchi jamoasiga aylandi

FIFA rasmiy sayti terma jamoalarning mart oyi uchun reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, 1506 ball bilan Belgiya terma jamoasi 1-o‘rinda ketmoqda.

Ikkinchi o‘rinda 1457 ball bilan Argentina termasi bormoqda. Ispaniya 1374 ball bilan 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oydagi (fevralda 71-o‘rin) reytingidan yana 3 o‘rin pastlab, 74-o‘ringa tushdi.

BAA hamda Saudiya Arabistoni termalari O‘zbekistonni reytingda quvib o‘tgan.

Osiyo qit'asining eng kuchli termasi sifatida Eron qayd etilgan - 44-o‘rin. Kuchli 32ta terma jamoa ichida Osiyodan bironta vakil yo‘q.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi mart oyi oxirida Filippinga qarshi o‘yin o‘tkazadi va bu o‘yindagi yaxshi natija orqali vaziyat o‘zgarishi mumkin.

FIFAning mart oyi uchun reytingi:

1. Belgiya 1506
2. Argentina 1457
3. Ispaniya 1374
4. Germaniya 1355
5. Chili 1307
6. Braziliya 1254
7. Portugaliya 1234
8. Kolumbiya 1215
9. Angliya 1112
10. Avstriya 1095
11. Urugvay 1082
12. Shveytsariya 1070
14. Italiya 999
15. Gollandiya 997
20. Turkiya 943
23. Rossiya 892
24. Fransiya 871
27. Ukraina 845
44. Eron 627
56. Yaponiya 575
57. Janubiy Koreya 566
60. Saudiya Arabistoni 562
64. BAA 517
67. Avstraliya 506
74. O‘zbekiston 484
80. Qatar 441
82. Iordaniya 414
91. Iroq 371
94. KXDR 356
96. Xitoy 351
97. Ummon 342
132. Bahrayn 269
135. Filippin 263

To‘liq jadval bilan mana bu havola orqali tanishish mumkin.

Top