11:14 / 03.03.2016
3879

Putin Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomon fuqarolarining o‘z hududlarida bo‘lish tartibi bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qilish borasidagi qonunni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lishi, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lishi borasidagi bitimni ratifikatsiyalash” to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Rossiya prezidenti saytida ma'lum qilingan.

Federal qonun 2016 yilning 19 fevralida RF Davlat Dumasida qabul qilingan va 2016 yilning 26 fevralida Federatsiya Kengashida tasdiqlangan. Rossiya Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida ikki tomon fuqarolarining o‘z hududlarida bo‘lishi borasidagi o‘zaro bitim 2015 yilning 19 iyunida tuzilgan.

Bitimdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ikki tomon o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish va fuqarolarning kelish va ketishini tartibga solishdan iborat, deyiladi prezident ma'muriyatining davlat-yuridik bo‘limi bergan izohda.

Top