13:10 / 03.03.2016
7119

Saudiyalik uchuvchi qo‘nish oldidan to‘satdan vafot etdi

Saudiyaning yo‘lovchi samolyoti kapitani Fors ko‘rfazidagi qirollikka qo‘nishga ozgina qolganda birdan vafot etgan. Uning yordamchisi samolyotni eson-omon qo‘ndirgan.

Valid bin Muhammad al Muhammad 1 mart seshanba kuni Ar-Riyod aeroportiga samolyotni qo‘ndirayotganda uning yuragi xuruj qilgan.

Davlat tasarrufidagi Saudia Airlines kompaniyasi 2 mart kuni mahalliy nashrlarga “Samolyot va yo‘lovchilar bir lahza ham xavf ostida bo‘lmaganlar, chunki kapitan yordamchisi vaziyatni darhol o‘z nazoratiga olgan va bexatar qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan” deb ma'lum qildi.

Kompaniyaning xabariga ko‘ra, uchuvchi halok bo‘lgan samolyot Janubiy Bisha shahridan poytaxt ar-Riyodga uchayotgan edi. Lekin samolyot bortida qancha yo‘lovchi bo‘lgani ma'lum qilinmadi.

Top