21:54 / 03.03.2016
5156

Toshkent bozorlariga xorijiy investitsiyalar jalb qilinmaydi

Toshkentdagi 14 ta bozor ustav kapitallariga xorijiy investitsiyalar jalb qilinmaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 fevraldagi qaroriga ko‘ra, dehqon bozorlari O‘zbekiston Prezidentining ustav kapitaliga kamida 15 foiz xorijiy investitsiya jalb qilinishi zarurligi haqidagi qarori talablari amal qilmaydigan 262 ta tashkilotdan topgan ro‘yxatga kiritildi.

Biroq Toshkent, prognozlarga ko‘ra, o‘zining dehqon bozorlaridagi ulushini 51 foizga kamaytiradi.

Ayni vaqtda davlatning "Chorsu" universal savdo majmuasidagi ulushi 96,7 foizni, Parkent universal savdo majmuasidagi ulushi 92,9 foizni, Chilonzor universal savdo majmuasidagi ulushi 53,8 foizni, Yunusobod deqhon bozoridagi ulushi – 94,9 foizni, Oloy bozoridagi ulushi 98,71 foizni, Qo‘yliq bozoridagi ulushi 85,7 foizni, Farhod bozoridagi ulushi 99,4 foizni, Sirg‘ali bozoridagi ulushi 95,5 foizni, Mirobod bozoridagi ulushi 96 foizni, Eski Jo‘va deqhon bozoridagi ulushi 78,5 foizni, "Navro‘z" bozoridagi ulushi 96,2 foizni, Askiya bozoridagi ulushi 96,2 foizni, "Aviasozlar" bozoridagi ulushi 88,7 foizni, Toshkent qishloq xo‘jaligi ulgurji bozoridagi ulushi 93,2 foizni tashkil qiladi.

"Toshbozorsavdo" uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Toshkentdagi dehqon va ixtisoslashtirilgan bozorlar faoliyatidan olingan daromad 130,3 mlrd so‘mdan ko‘proqni tashkil qildi, ulardan 60 mlrd so‘mi mahalliy byudjyetlarga yo‘naltirilgan.

Toshkent hokimiyati prognoziga ko‘ra, 2016 yilda Toshkentdagi bozorlar daromadlaridan olinadigan soliqlar 70,3 mlrd so‘mdan ko‘proqni tashkil qilishi kutilmoqda.

Top