19:37 / 03.03.2016
27051

Toshkentdagi yirik supermarketlardan biri o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Toshkentdagi “Next” hamda “Vega” savdo-ko‘ngilochar majmualari ichida joylashgan “Trend” supermarketi 1 martdan boshlab o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda “Trend” o‘z Facebook sahifasida ma'lum qildi.

Supermarket faoliyatining nima sababdan to‘xtatilishi aytilmagan.

Ma'lumot uchun, “Trend” o‘z faoliyatini 2013 yilning dekabr oyida boshlagan. 

Top