11:38 / 03.03.2016
2730

Zidan: «Nafaqat yosh futbolchilar, balki «Real»ning barcha a'zolari maydonda jon kuydirib o‘ynashi kerak»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati doirasidagi «Levante»ga qarshi uchrashuvdan (3:1) keyin uchrashuvda maydonga chiqa olmagan jamoaning asosiy futbolchilari Garet Beyl, Karim Benzema, Marselo, Serxio Ramos va Luka Modrich borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Tarkibda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lsa, har doim qandaydir muammolar bo‘lishini kutasan, ammo bugun biz yaxshi futbol namoyish etdik. Dastlabki daqiqalar oson kechgani yo‘q, shunga qaramasdan o‘z o‘yinimizni topib olishga harakat qildik va uch ochko egasiga aylandik. Futbolchi maydonga tushmasa, yoki kam o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, unga qiyin bo‘ladi, biroq bugun bu holat sezilmadi.

Lukas bugun himoyada ko‘p mehnat qildi va shunga yarasha natija oldi. Mana shu biz har doim qilishimiz kerak bo‘lgan ish – yugurish va maydonga jon kuydirish. Nafaqat yosh futbolchilar balki hamma bor kuchini berib harakat qilishi lozim», – deya ta'kidladi Zidan.

Top