14:39 / 04.03.2016
2261

Allegri: «Dibala 2 yil ichida Messi va Ronalduning o‘rnini egallashi mumkin»

Italiyaning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa hujumchisi Paulo Dibala haqida bildirib o‘tdi.

«Dibalaning bu darajada tez o‘sishini kutgandim. Buning uchun uning ko‘zlariga qarashning o‘zi kifoya: yosh yigitning yozida nigohi o‘ljasiga tashlanayotgan yirtqichga o‘xshaydi. Ikki yil ichida u top-darajaga chiqib, Messi va Ronalduning o‘rnini egallashi mumkin. Uning «Bavariya»ga gol urganidan xursandman. Chunki kim biladi deysiz, qancha odam uni yevrokuboklar darajasiga javob bermaydi deb hisoblashardi?»

Shuningdek, Allegri «Yuventus»dan ketib, chet elda ishlashi borasidagi savolga ham javob berdi.

«Vaqti kelib xuddi Anchelotti kabi turli yurtlardagi futbol madaniyati bilan tanishishni rejalashtirganman. Faoliyatim oxirlariga borib esa biror terma jamoani boshqarishim mumkin. Ammo men hali juda yoshman va hozircha «Yuventus»da meni hamma narsa qoniqtirmoqda.

Konte? Ishonchim komilki, agar u «Chelsi»ga o‘tsa, bu yaxshi o‘zgarish bo‘ladi», deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Corriere dello Sport.

Top