14:55 / 04.03.2016
3072

Britaniyalik olimlar saratonni davolashda burilish yasalganini aytishmoqda

Yangi davolash usuli klinik sharoitda sinab ko‘rilmagan va uni amaliyotda qo‘llash juda qimmatga aylanishi mumkin.

Britaniyalik olimlarning ta'kidlashlaricha, ular inson immun tizimini saratonga qarshi kurashishga majburlash yo‘lini topishgan.

Davolashning ushbu yangi usulining mohiyati shundaki, inson tanasidagi saraton o‘simtasi yoki uning bir qismi inson organizmining immun tizimi tomonidan “nishonga olinadi”.

Bu kabi ishlar ilgari ham bo‘lgandi. O‘shanda olimlar saratonning genetik qurilmasidagi zaif joyni topa olishmagan edi. Chamasi, bu safar bunga erishilganga o‘xshaydi.

Top