14:35 / 04.03.2016
5063

Jyeneva avtosalonida g‘aroyib mashina paydo bo‘ldi

Rostini gapiradigan bo‘lsa, Citroen E-Mehari juda g‘aroyib ko‘rinadi. Frantsuzlar anchadan beri bunday “hissiyotli” avtomobil chiqarishmagan edi. Unga qaragan inson mashinaning texnik tomonlari haqida umuman gapirgisi kelmaydi, deb yozmoqda "Avto Mail.ru".

Ushbu mashina 68 quvvatga ega bo‘lgan elektromotor yordamida harakatga keladi. Qoyilmisiz?! Bu “mittivoy” elektromobil hamdir.

Frantsuzlarning aytishiga qaraganda, E-Mehari bir marta quvvat olganda 110 km soat tezlikda 200 km. gacha bo‘lgan masofani bosib o‘tadi.
Bu hali xammasi emas. Kuzov plastikadan tayyorlangan bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan to‘qnashuvlarni “ko‘tara oladi”.

Top