08:27 / 04.03.2016
3338

Shvetsiya valiahd malikasi ikkinchi farzand ko‘rdi

Shvetsiya valiahd malikasi Viktoriya o‘g‘il farzand ko‘rdi. Bu haqda uning turmush-o‘rtog‘i shahzoda Daniel ma'lum qildi.

"Farzandimiz chorshanba kuni soat 20.28 da dunyoga keldi, bo‘yi 52 santimetr", deb ma'lum qildi shahzoda. Uning aytishicha, malika ikkinchi farzand ko‘rgandan keyin o‘zini yaxshi his qilmoqda. Malika 2012 yil fevralda Estel ismli qiz farzand ko‘rgan edi.

Top