17:02 / 04.03.2016
4062

Xiaomi Mi 4S savdoning birinchi kunlaridayoq 200 mingdan ko‘p miqdorda sotildi

Xiaomi Mi 4S smartfonining anonsi shu yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, bu xaftaning o‘zida esa Xitoy bozorlarida sotuvga chiqdi. Tahlilchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi kunning o‘zidayoq 200 mingdan ziyod Mi 4S smartfoni sotilgan.

Ishlab chiqaruvchining o‘zi birinchi kungi sotuvlari haqidagi ma'lumotni e'lon qilgani yo‘q. Lekin mahalliy ulgurji sotuvchi Suning birinchi kun 110 ming qurilma, unday 50 935 tasi onlayn-magazin orqali, 64 853 tasi esa ulgurji savdo do‘konlarida sotilganligi haqida xabar bergan. Suning do‘konlari Mi 4S smartfonining Xitoydagi yagona tarqatuvchisi emasligini hisobga olsak, yuqoridagi raqamlar haqiqatga yaqin ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi 4S oldingi Mi 4 modelining zamonaviylashtirilgan vakili hisoblanadi. Bu smartfon o‘z ichiga 5-dyuymlik Full HD IPS-displey, olti yadrolik 64-bit Qualcomm Snapdragon 808 protsessori, 3 Gbayt operativ xotira, Adreno 418 grafik chipi, 64 Gbayt doimiy xotira, microSD sloti, 13-Mp asosiy va 5-Mp old kameralari, Wi-Fi, Bluetooth, USB Type-C, LTE-A kommunikatsion modullaridan tashkil topgan. Xitoyda qurilma qora, oq, oltin va pusht ranglarda 260 dollar narxi ostida sotuvga chiqarilgan.

Top