16:03 / 05.03.2016
3917

AQSh Mosul shahrini terrorchilardan ozod qilish operatsiyasi boshlanganini ma'lum qildi

IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh prezidenti maxsus vakili Brett Makgerk Iroqning Mosul shahrini terrorchilardan ozod qilish operatsiyasi boshlanganini e'lon qildi. Bu haqda Alsumaria xabar bermoqda.

RIA «Novosti»ning aniqlik kiritishicha, Makgerk operatsiya boshlanishidan oldin terrorchilarni ta'minlab turuvchi Iroqning Mosul shahri va Suriyaning Rakka shahri oralig‘idagi yo‘llar yopilganini ham aytib o‘tgan.

Bundan tashqari, AQSh maxsus vakilining ta'kidlashicha, harbiy operatsiya rejasi juda puxta ishlangan.

Top