20:04 / 05.03.2016
2734

Eron 2016 yilda 5 foizlik iqtisodiy o‘sishga erishishni kutmoqda

Eron undan sanksiyalar olib tashlangach, 2016 yilda 5 foizlik iqtisodiy o‘sishni kutmoqda. Bu haqda Eron markaziy banki rahbari Valiulloh Seyf ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

«Eronning iqtisodiy o‘sishi 2015 yilda tushib ketgan edi. Ammo biz ichki hamda tashqi prognozlarga qaraganda 2016 yilda 5 foiz o‘sishga erishishimizni kutyapmiz», — deb ta'kidladi Seyf.

Ma'lumot uchun, 2015 yilning yanvaridan boshlab Eron AQSh va Yevroittifoqning ko‘p yillik iqtisodiy izolyatsiyasidan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda mamlakat yadro quroli yaratish sabab, uning neft mahsulotlariga nisbatan boykot e'lon qilingan edi.

Top