14:15 / 05.03.2016
3223

Turkiya bosh vaziri Eronga ikki kunlik tashrif bilan keldi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li hukumat a'zolari bilan birgalikda ikki kunlik tashrif bilan Tehronga keldi. Delegatsiya tarkibiga mamlakat moliya, bojxona va savdo masalalari, energetika va tabiiy resurslar, transport, dengizchilik va aloqa vazirlari kirgan.

U Eron poytaxtida mamlakat birinchi vitse-prezidenti Esxak Jahongiriy, tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod, ana undan keyin esa Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashuvda bo‘ladi.

Muzokaralar mavzusi Anqara va Tehron o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabat, hududdagi muammolar va savdo-iqtisodiy aloqalarga bag‘ishlanadi.

Top