12:42 / 06.03.2016
11663

Grozniyda o‘tgan jang kechasida Behzod Nabiyev o‘z jangida g‘alaba qilib, WBU chempioniga aylandi

5 mart kuni Checheniston poytaxti Grozniy shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida, Ruslan Chagayev o‘z kamarini avstraliyalik raqibi Lukas Braunga topshirib qo‘ygan boks oqshomi doirasida yana ikki o‘zbekistonlik sportchi o‘z janglarini o‘tkazdi.

Dastlab, 59,4 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan Feruz Yo‘ldoshev rossiyalik Bulat Bishiyevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

67,7 kg vaznda ishtirok etuvchi Behzod Nabiyev esa tanzaniyalik Luanja Abolam Saidni muddatidan avval oltinchi raundda texnik nokaut evaziga yengdi. Bu Behzodning prof ringdagi 23-g‘alabasi bo‘ldi. Nabiyev yangi ta'sis etilgan chempionlik kamarini ham qo‘lga kiritdi.

59,4 kg. Bulat Bishiyev (Rossiya) vs. FeRUZ YO‘LDOSheV (O‘ZBeKISTON)

67,7 kg. BeXZOD NABIYeV (O‘ZBeKISTON, Akhmat Boxing Club) vs. Luanja Abolam Said (Tanzaniya)

Top