11:04 / 06.03.2016
2683

Klaudio Raneri: «Keyinchalik nima bo‘lishini bilmayman, ammo biz har bir bahsda kurashamiz»

«Lester» bosh murabbiyi Klaudio Raneri APLning 29-turi doirasida «Uotford»ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu juda og‘ir o‘yin bo‘ldi, lekin hozir har bir o‘yin barcha jamoalar uchun og‘ir bo‘ladi. Bu o‘yin boshqalar uchun bizning javobimiz bo‘ldi. Biz kurashishda davom etamiz.

Keyinchalik nima bo‘lishini bilmayman, ammo biz har bir o‘yinda kurashamiz.

Barcha o‘yinchilar o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatishdi. Men shunchaki shogirdlarim bugungidek jang qilishlarini istayman», – deydi Raneri.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda, 29-tur o‘yinlaridan keyin «Lester» 60 ochko to‘plagan holda eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Top