08:28 / 07.03.2016
2342

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter saratondan davolanish kursidan o‘tdi

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter saraton saratondan davolanish kursidan o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi, 91 yoshli Karterning matbuot kotibi sobiq prezident shifokorlar kuzatuvida bo‘lishini, biroq dorilar qabul qilishni to‘xtatishini aytdi. O‘tgan yilning avgustidan 2016 yilning fevraligacha Karter Uinship onkologiya institutida nur va immunoterapiya olgan. Shuningdek, uning jigarining bir qismi olib tashlangan.

Ta'kidlanishicha, Karter o‘zining ona shahri Pleynsdagi (Jorjiya shtati) maktabda o‘qituvchilik faoliyatini davom ettirmoqda.

Karter 1977-1981 yillar davomida AQShga rahbarlik qilgan.

Top