11:57 / 07.03.2016
4258

Brent turidagi neft bahosi bir barreli uchun 39 dollardan oshdi

7 mart, dushanba kuni Nyu-York hamda London savdo birjalaridagi savdolar chog‘ida aprel fyucherslari uchun neft narxlari ortdi.

Jumladan, Londondagi ICE Futures birjasida Brent turidagi neftning aprel fyucherslari 1,89 foizga oshib, bir barreli uchun 39,45 dollarga yetgan.

Nyu-Yorkdagi tovar birjasida (NYMEX) WTI turidagi neftning aprel oyi fyucherslari esa 1,81 foizga ko‘tarilib, bir barreli uchun 36,57 dollarni tashkil etgan.

Top