22:45 / 07.03.2016
4765

Edvard Snouden Karl fon Osetskiy mukofoti sohibi bo‘ldi

AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden 7 martda Norvegiyaning PeN-klubi mukofoti sovrindori deb e'lon qilindi. Bu mukofot so‘z erkinligini himoya qilishga qo‘shgan ulkan hissa uchun beriladi. 1994 yilda ta'sis etilgan nufuzli mukofot Gitler tuzumi tanqidchisi va antifashist, 80 yil avval tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan Karl fon Osetskiy nomi bilan ataladi. Bu haqda xalqaro PeN-klubining norveg bo‘limi bergan xabarda aytilmoqda.

PeN-klub (inglizcha "poet" (shoir), "essayist" (essechi), «novelist» (romanchi) so‘zlarining bosh harflaridan tuzilgan va qo‘shilganda "PEN" – ruchka ma'nosini beradi) – xalqaro nohukumat tashkilot bo‘lib, turli adabiyot janrlarida ijod qiluvchi professional yozuvchilar, shoirlar va jurnalistlarni birlashtiradi.

"Edvard Snouden zamonamiz Osetskiysi. U davlatlar tomonidan o‘z fuqarolari va boshqa davlatlar fuqarolariga nisbatan amalga oshiriladigan katta ko‘lamdagi josuslikning mavjudligi borasida ko‘plab savollar tug‘dirgan dalilni oshkor etdi. Bu mukofot hukumatlarning fuqarolarning shaxsiy hayotiga tajovuz qilishi sir saqlangan ma'lumotni jamoatchilikka taqdim qilgan fosh qiluvchining shaxsiy qahramonligining tan olinishi hisoblanadi", deyilmoqda hujjatda.

Tashkilot Snouden ushbu mukofotni noyabrda bo‘lib o‘tadigan rasmiy taqdimot marosimida shaxsan o‘zi olishi uchun barcha imkoniyati bor narsani amalga oshirishga va'da bermoqda va agar Snouden Osloga kelsa, Norvegiya hukumatini uni AQShga topshirilmasligiga kafolat berishga chaqirmoqda.

"1936 yildagi tinchlik uchun Nobel mukofoti berilganda Karl fon Osetskiy uchun atalgan kursi bo‘sh bo‘lgan, chunki nemis hukumati unga Osloga borish huquqini berishni rad etgandi", deb eslanmoqda PeN-klubda.

Biroq Snoudenning Oslogo kelishining ehtimoli juda kichik. Chunki Norvegiya adliya vazirligi avvalroq unga qandaydir kafolatlar berishdan bosh tortgan.

Nemis jurnalisti Karl fon Osetskiy 1931 yilda Germaniyaning harbiy rejalari fosh qilingan maqolani chop etgani uchun turmaga qamalgan. Osetskiy 1935 yilning tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori deb e'lon qilingan. 1938 yilda Osetskiy sildan shifoxonada vafot etgan.

Top