07:33 / 08.03.2016
3223

AQSh droni Somalida 150 dan ko‘proq jangarini yo‘q qildi

AQSh armiyasining uchuvchisiz parvoz qurilmasi tomonidan Somalidagi "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi lageriga berilgan zarba oqibatida 150 dan ko‘proq jangari yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Pentagonga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. Lager mamlakat poytaxti Mogadishodan shimolga tomon 190 km uzoqlikda joylashgan bo‘lgan.  

"Bu muvaffaqiyatli zarba bo‘ldi", deb aytdi Pentagon vakili Jyeff Devis va guruh katta ko‘lamdagi hujumlarga tayyorlanayotgani va Somalidagi AQSh va Afrika ittifoqi kuchlariga xavf solganini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq "Ash-Shabob" jangarilari Afrika ittifoqi tinchlikparvar kuchlarining bazasiga hujum qilgani, oqibatda 50 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top