21:29 / 08.03.2016
4231

AQShda Eron tomonidan raketalar uchirilishi qoidabuzarlik deb hisoblanmasligi aytildi

Eron tomonidan ballistik raketalarning uchirilishi yadroviy kelishuv shartlariga zid kelmaydi, deb xabar bermoqda AQShlik amaldorga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, raketalar uchirilish BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzishi mumkin.

Amaldorning ta'kidlashicha, agar Eron raketa uchirgani haqidagi ma'lumot tasdiqlansa, AQSh bu vaziyatni BMT Xavfsizlik kengashi bilan muhokama qiladi.

Avvalroq Eronda ballistik raketalar sinov parvozi amalga oshirilgani ma'lum qilingandi.

Top