23:14 / 09.03.2016
9908

Pingvin o‘zini qutqarib qolgan odam bilan uchrashish uchun har yili 5 ming km yo‘l suzib o‘tmoqda

Janubiy Amerikaning Patagoniya hududida odam va pingvin o‘rtasidagi noyob munosabatlar o‘rnatilgani qayd qilindi. Mana ketma-ket 5 yildan beri shu yerda yashovchi Juan Pereyra de Souza 2011 yilda qutqarib olgan Dindim laqabli pingvinni aziz mehmoni sifatida kutib oladi. Dindim erkakdan 5 ming kilometr olisda yashaydi, deb xabar bermoqda Independent nashri.

Biroq bunday katta masofa magellan pingvinini hech ham xavotirlantirmaydi. Dindim erkak bilan iyundan fevralgacha toki patlarini o‘zgartirmaguncha birga yashaydi, so‘ngra suzib ketib, kelasi yil yana qaytib keladi.

Erkakning aytishicha, u 2011 yilda Rio-de-Janeyrodagi plyajlardan biriga chiqarib tashlangan, neftga botgan pingvinni topib olgan. Juan pingvinni neftdan tozalab, uni parvarishlagan.

"O‘shandan beri pingvin, ko‘rinishicha, meni o‘z oilasi a'zosi deb hisoblaydi. U mendan boshqa birorta odamga o‘ziga tegishga ijozat bermaydi. Men esa uni qo‘limga olib, yuvintirib, boqishim mumkin", deb aytmoqda pingvin haloskori.

"Pingvin Juanni ko‘rgach, xursandchilikdan itga o‘xshab dumini o‘ynatishni va qichqirishni boshlaydi", deb aytmoqda biolog Juan Paulo Krajyevski.

Magellan pingvinlari patagoniya sohillaridan tashqari, Olovli Yer, Rio, Peru, Folklend va Xuan-Fernandes orollarida yashaydi. Bu pingvinlar 25 yilgacha umr ko‘radi.

Top