13:43 / 09.03.2016
3009

Singapurda quyosh deyarli 90 foiz tutildi

Minglab singapurliklar 9 mart kuni quyosh tutilishini kuzatish uchun maxsus jihozlangan joylarga yig‘ilishdi.

Bu tabiat hodisasining eng cho‘qqisi – quyoshning deyarli 90 foizga tutilishi mahalliy vaqt bilan soat 8:23 (Toshkent vaqti bilan soat 05:23)ga to‘g‘ri keldi.

Mahalliy rasadxonalar istagan odam quyoshning g‘oyib bo‘lishini kuzatishi uchun bir necha joyda o‘nlab teleskoplar o‘rnatdi.

"O‘quvchilar g‘aroyib hodisani tomosha qilishlari uchun maktablarda ham mashg‘ulotlar odatdagidan kechroq boshlandi", deb xabar beradi TASS.

Moviy osmon va zaif quyosh nurlariga qaramasdan butun shaharni bir soat davomida qorong‘ulik qopladi. Mahalliy vaqt bilan soat 09:00 (Toshent vaqti bilan soat 06:00)da kun yorishdi.

Top