17:59 / 09.03.2016
2197

Turkiya TIV: Muhojirlar hech qachon mojarolar hududiga qaytarib yuborilmaydi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chovusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, Turkiya hukumati muhojirlarni mojaro bo‘layotgan hududga qaytarib yubormaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissariyati YeI va Turkiya o‘rtasida muhojirlar masalasida tuzilgan shartnoma shartlari buzilayotganidan tashvishda ekanligini aytib o‘tgan edi.

Qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissariyat Yevropa bo‘limi rahbari Vinsent Koshetelning ta'kidlashicha, ayrim millatlar Turkiyada yetarlicha himoyaga ega emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati Afg‘oniston, Eron va Iroqdan kelayotgan qochqinlarni deyarli qabul qilmaydi.

Top