20:55 / 10.03.2016
5875

Lukashenko pensiya yoshini oshirish haqida: "Erkak 60 yoshda ham hali otdek bo‘ladi"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko aholining barcha guruhlarining o‘ziga xos jihatlari hisobga olingan holda ular uchun pensiya yoshini ko‘tarish kerakligiga ishonchi komilligini aytdi. Bu haqda "BelTA" axborot agentligi xabar berdi.

"Barcha narsani hisobga olish lozim: erkaklar va ayollarning umr ko‘rish davridagi farq, shahar va qishloqlar, ba'zi sohalarda mehnat sharoitlarining o‘ziga xosliklari va boshqa omillarni hisobga olish kerak", deb aytdi Lukashenko.

Lukashenko e'tiroz bildirgan asosiy narsa shu bo‘ldiki, bu yashash davomiyligi va pensiya yoshi.

Prezidentning aytishicha, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi o‘sishda davom etmoqda, pensiyaga chiqish yoshi esa hali ham 90-yillar darajasida qolmoqda.

"Shuning uchun 55-60 yosh – normal yosh. Qani biror ayolga 55 yoshida kampir yoki pensioner deb ko‘ring-chi! Xafa bo‘ladi! Biz sen kampir bo‘lmasang, pensioner bo‘lmasang, unda bor ishla desak, unda endi boshqacha munosabat bildiriladi. Xuddi shu narsani erkaklar haqida ham aytish mumkin. Ular xafa bo‘lganlarini bildirishmaydi, biroq ichlarida xafa bo‘lishadi. 60 yoshda erkak bitta emas, uchta plug bilan shudgor qilish mumkin bo‘lgan otdek bo‘ladi – tortib ketadi", deydi prezident.

Lukashenko kuch tuzilmalari vakillari 45 yoshda pensiyaga chiqishini unchalik tushunmasligini ham aytib o‘tdi.

"O‘ylaymanki, agar pensiya yoshini oshirish masalasi hammaga birdek joriy qilinsa adolatli bo‘ladi", deydi Lukashenko.

U o‘zi ikki olov – pensiya yoshini talab qilayotgan hukumat hamda bunga qarshi chiqayotgan aholi orasida qolganini ta'kidlagan.

Lukashenko sekin bo‘lsa ham bunday islohotlarga aholi munosabati sekin-astalik bilan o‘zgarayotgani uchun fuqarolarni maqtab qo‘ygan.

"Pensiya yoshini oshirishni qo‘llab-quvvatlayotganlar aholining yarmiga yaqinlashib qoldi. Odamlar bizning takliflar, iltimoslarga sekin bo‘lsa ham javob bermoqdalar, biz ularga tushuntirganimizdan, aytganimizdan va taklif qilganimizdan keyin ular gap nimadaligini tushunmoqdalar. Belaruslar – o‘qimishli odamlar", deb intiholadi o‘z so‘zlarini Lukashenko.

Lukashenko barcha tashabbus va takliflarni obektiv baholash hamda Belarus pensiya tizimi uchun o‘zgartirishlarning eng optimal variantini tanlashga chaqirdi.

Top