01:05 / 10.03.2016
3827

OAV: Chechenistonda noma'lum shaxslar xorijlik jurnalistlar va huquq himochilariga hujum qilishdi

Chechenistonda noma'lum shaxslar xorijlik jurnalistlar va huquq himochilariga hujum qilishdi, deb xabar berdi jurnalist Yegor Skovoroda tvitterda.

"Chechenistonda huquq himoyachilari mobil guruhiga hujum qilindi, jurnalistlar va xodimlar do‘pposlandi, ularning avtomobili yonmoqda", deb yozdi jurnalist.

"Mediazona" nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Qiynoqlarning oldini olish qo‘mitasi mobil guruhi Ingushetiyadan Grozniyga ketayotganda yo‘lda hujumga uchragan.

Hujum vaqtida mashinada qo‘mita xodimi, haydovchi va "Mediazona" nashri, The New Times jurnali muxbirlari hamda shvetsiyalik va norvegiyalik jurnalistlar bo‘lgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bosqinchilarning soni 20 ga yaqinni tashkil qilgan.

Top