10:39 / 10.03.2016
2232

Turkiya va Ukraina Qora dengizda birgalikda xavfsizlikni kuchaytirishni rejalashtirishmoqda

Ukraina va Turkiya Qora dengiz avkatoriyasida xavfsizlik va himoyani kuchaytirish uchun dengiz sanoatini birgalikda rivojlantiradi va bu yo‘nalish ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim jihatlardan biri bo‘ladi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.

Bu haqda "Ukroboronprom" konserni bosh direktorining tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari Denis Gurak Turkey Defence Week 2015 anjumanida aytib o‘tdi.

Gurakning aytishicha, konsern Ukraina mudofaa-sanoat majmuasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilmoqchi.

"Ukroboronprom" davlat konsernining oydinlik va ochiqlik siyosati Ukraina mudofaa-sanoat majmuasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va uni zamonaviy standartlarga mos rivojlantirishga qaratilgan. Eng avvalo, bu Ukraina qo‘shinlarini zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta'minlaydi", deb aytdi Gurak.

Top