21:13 / 11.03.2016
1796

Apple xodimi fondagi ilovalarni o‘chirish akkumulyator quvvatini uzaytirishi haqidagi fikrga izoh berdi

Ko‘pgina iPhone va iPad foydalanuvchilari akkumulyator quvvati tejaladi, degan umidda fonda ishlayotgan ilovalarni o‘chirib tashlashni odat qilgan.

Apple kompaniyasining dasturiy ta'minot borasidagi katta vitse-prezidenti Kreyg Federigi bu fikrga izoh berdi.

“Yo‘q va yana yo‘q”, – dedi kompaniya vakili.

Apple’ning rasmiy saytida fondagi ilovalarni o‘chirish faqatgina dasturiy ta'minot yoki ilovaning o‘zi xatolik bilan ishlaganda kerakligi yozilgan.

 

Top