00:04 / 11.03.2016
5279

Dunyodagi eng katta kruiz layneri suvga tushirildi

Dunyodagi eng katta kruiz layneri "Harmony of seas" 10 martda Fransiyaning Sen-Nazer shahridagi kemasozlik verfidan dengizda birinchi sinovlardan o‘tish uchun suvga tushirildi.

STX France kompaniyasi tomonidan qurilgan layner AQShning Royal Carribean International (RCI) kompaniyasiga may oyi o‘rtasida berilishi kutilmoqda.

Laynerning uzunligi 362 metr, eni 66 metr, balandligi 70 metrni tashkil qiladi. Uning bortida 6 ming yo‘lovchi va 2 ming ekipaj a'zosi joylashtirilishi mumkin.

Top