08:59 / 11.03.2016
1764

Eron ballistik raketalarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma'lum qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusida harbiy o‘quv mashg‘ulotlari doirasida ballistik raketalarning sinov uchirilishi yakunlangani ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Sepahnews nashri.

Eron qurolli kuchlari o‘zi ishlab chiqargan raketalarni sinovdan o‘tkazishning yakuniy bosqichida ikki kun davomida ballistik raketalarni sinov uchirilishini o‘tkazgan.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusida sinovlar reja bo‘yicha va muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ma'lum qilindi.

Eron hukumatida ballistik raketalar sinovi yadroviy kelishuvni buzmasligi aytildi.

Top