14:49 / 11.03.2016
2136

Rossiya Eronga po‘lat yetkazishni qayta yo‘lga qo‘ymoqchi

Magnitogorsk metallurgiya kombinati Eronga po‘lat yetkazishni qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Kompaniya vakilining xabar berishicha, po‘lat Fors ko‘rfazidagi avtomobil ishlab chiqaruvchi va trubaqurilish sanoati uchun sotib olinadi.
Bloombeg ma'lumotiga ko‘ra, MMK avvallari Eronga eng yirik po‘lat yetkazib beruvchilardan hisoblangan.

2011 yili kompaniya 1,6 tonna yoki umumiy ishlab chiqargan mahsuloti (11,2 million tonna)ning 14,2 foizini Eronga eksport qilgan.

Top