15:30 / 11.03.2016
6356

Unutib bo‘lmaydigan xotiralar

Bugun Yaponiyada mahalliy vaqt bilan 14 dan 46 daqiqa o‘tganda (Toshkent vaqti bilan 10.46 da) 2011 yilda yuz bergan zilzila va sunami qurbonlari xotirasi yodga olindi. Mamlakatning barcha shaxarlarida tabiiy xavfdan ogoxlantirish ramzi bo‘lgan sirena ovozlari yangradi. Qurbonlar bir daqiqa sukut saqlangan xolda yodga olindi. Tadbirlar mamlakat poytaxti Tokioda imperator oila a'zolari, xukumat vakillari va parlament deputatlari ishtirokida boshlandi.

Bundan roppa rosa besh yil avval- 2011 yilning 11 mart kuni Yaponiya shimoliy-sharqida magnitudasi 9.0ga teng zilzila qayd qilingan edi. Keyinchalik bu yer qimirlashiga Sharqiy Yaponiyadagi Buyuk zilzila degan nom berildi. Olimlarning fikricha, bu kabi zilzilalar mazkur mintaqada har 600- 1000 yilda bir marta yuz berib turadi. Zilzila oqibatida yuzaga kelgan sunami to‘lqini shu kungacha kuzatilgan to‘lqinlardan bir necha barobar yuqori bo‘lib, Tinch okeani soxillariga katta ziyon yetkazdi. Zilzila episentri Tokiodan 373 kilometr shimoliy-sharqda 24 kilometr yer qa'rida joylashgan edi. Tsunami 561 kvadrat kilometr xududni qamrab oldi. Shundan 327 kvadrat kilometri Miyagi prefekturasi xududiga to‘g‘ri keladi. Tsunami balandligi Ivate prefekturasidagi Miyako shahrida 40,5 metrga yetdi. Umumiy xisobda sunami oltita prefekturadagi 62 ta shaxar va qishloqqa ziyon yetkazdi. Tabiiy ofat oqibatida 15 ming 894 kishi xalok bo‘ldi, 2 ming 562 kishi bedarak yo‘qoldi. Xalok bo‘lganlarning 93 foizi sunami qurbonlari bo‘lgani aytilmoqda.

Olimlarning aytishicha zilzila oqibatida Yaponiyaning Xonsyu oroli 2,5 metr sharq tomon siljigan. Tsunami Yaponiya iqtisodiyoti, transport va infratuzilmalariga salkam 17 trillion iyen miqdorida zarar yetkazdi. Bu 215 milliard dollar demakdir. Bunga “Fukusima-1” atom elektr stansiyasiga sarflangan xarajatlar kirmaydi. 126 mingta bino butunlay, 260 ming bino qisman vayron bo‘ldi. 13 ming kvadrat kilometr yer zararlandi.

Insonlarning xalok bo‘lishi yoki ziyon ko‘rishidan tashqari sunami “Fukusima-1” (Fukushima Daiichi) atom elektr stansiyasida yirik fojyeaga sabab bo‘ldi. Bu kabi xodisa 1986 yilgi Chernobil Atom elektr stansiyasida yuz bergan fojyeadan keyingi eng yirik xalokat ekani tan olingan. Zilzila oqibatida AES tashqi elektr ta'minotidan uzilib qoldi. AES sunami xavfidan muxofaza qilinishi ko‘zda tutilmagani oydinlashdi. To‘lqin dizel generatorlarini suvga botirdi. Atom elektr stansiyasida kuzatilgan xalokatidan so‘ng yaqin atrof radioaktiv zararlandi. Bu o‘z navbatida odamlarning xavfsiz joylarga bosh olib ketishilariga sabab bo‘ldi. Umumiy hisobda 146 mingdan ortiq kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi. Fojyeaga 5 yil bo‘lganiga qaramay, 40 mingga yaqing aholi hamon o‘z uylariga qayta olmayapti. Ularning katta qismi mamlakatning boshqa xududlarida yashab qolishni afzal ko‘rmoqda.

2011 yilning dekabrida Yaponiya xukumati “Fukusima-1” AESi xalokatlarini bartaraf etish borasida 30 yilga mo‘ljallangan reja qabul qildi. Xalokat talofatlari 40 yildan keyingina butunlay bartaraf etilishi aytilmoqda.

Radioaktiv suyuqliklar okeanga tushib ketmasligini oldini olish maqsadida 2012-2015 yillarda soxilbo‘ylariga uzunligi 780 metr keladigan ximoya devori qurildi. 2016 yil boshida Qayta tiklash masalalari bo‘yicha vazirlik bayonot berib so‘nggi besh yilda radiatsiya darajasi 65 foizga qisqarganini ma'lum qildi.

“Fukusima-1” AESida yuz bergan fojyeadan so‘ng BMT atom elektr stansiyalari qurilishida yangi me'yorlar joriy etilishi va qurilish ishlari shaffof bo‘lishi lozimligini ta'kidladi. Butun dunyodagi Atom elektr stansiyalari tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Fojyeaga besh yil to‘lgan bo‘lishiga qaramay, talofatlarni bartaraf etish ishlari xamon davom etmoqda. Xayot bir maromda asta sekin o‘z iziga tushib bormoqda. O‘tgan yili xukumat Naraxa shag‘ri aholisi uchun joriy etilgan evakuatsiya rejimini bekor qildi. Bu shaxar AESdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. 7 ming 300ga yaqin kishining uylariga qaytishlari uchun ruxsat berildi. Shu yilning aprel oyida esa Minamisoma shahriga ham odamlarning qaytishlariga ruxsat beriladi. Minamisoma aholisi 2011 yilning mart oyiga qadar 72 ming kishidan iborat edi. Bugungi kunda bu ko‘rsatkich 55 ming kishiga kamaydi.

Zilzila va sunamidan ziyon ko‘rgan Yaponiya xududlarida sayyoxlikning yangi yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi. Sayyoxlarga vayron bo‘lgan joylar ko‘rsatilmoqda. Birgina Minami-Sanriku shaxarchasiga so‘nggi to‘rt yilda 300 mingdan ortiq sayyox tashrif buyurdi. Biroq vayron bo‘lgan xududlarda turizmning rivojlanishiga qarshilar xam uchrab turibdi. Ular fojyeadan foyda ko‘rishni maqsad qilgan turistik kompaniya va mehmonxonalar faoliyatini tanqid qilmoqda. Biroq turizmning yangi ko‘rinishini qo‘llab-quvvatlovchilar bu kabi ekskursiya va sayyoxatlar mintaqa iqtisodini yuksaltirishga hissa qo‘shishini aytishmoqda.

Zilzilaning besh yilligi munosabati bilan bosh vazir Sindzo Abe ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus matbuot anjumani o‘tkazdi. U xukumat mintaqani qayta qurish va fojyea talofatlarini bartaraf etish yo‘lida barcha ishlarni amalga oshirishini va'da berdi. Bosh vazir so‘nggi uch yilda 30 marta xalokat mintaqasiga safar qilganini ta'kidlab o‘tdi. Sindzo Abe Fukusima va Toxoku mintaqasiga ko‘proq sayyoxlar kelishi lozimligini qayd qildi. “Toxoku tiklanmas ekan Yaponiyaning tiklanishiga imkon yo‘q”, dedi bosh vazir. Mintaqada turizmni rivojlantirish yo‘lida xukumatning maxsus dasturi yo‘lga qo‘yilishiga va'da berdi. 9 mart kuni bosh vazir devonxonasining internetdagi saytida to‘rt daqiqalik rolik namoyish etila boshlandi. Vayronagarchiliklar va ularni bartaraf etish jarayonlari aks etgan rolik Sindzo Abening “Unutib bo‘lmaydigan xotiralar” degan so‘zlari bilan boshlanadi. Videoda qishloq xo‘jaligi va baliqchilik asta-sekin oyoqqa turib borayotgani aks etgan.

So‘nggi so‘z o‘rnida, NHK telekanali o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalari xaqida ma'lumot beramiz. Unga ko‘ra respondentlarning 70 foizi atom elektr stansiyalari soni qisqartirilishi lozimligini aytishgan. 26 foiz axoli AESlar soni xozirgi miqdorda qolishini aytgan bo‘lsa, atigi 3 foizi yangi AESlar qurish kerakligini ta'kidlashgan.

Sharofiddin To‘laganov

Top