14:52 / 11.03.2016
1463

Yaponiya KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Yaponiya hukumati KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bergan.

BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan KXDRning yadro dasturi va raketa uchirishiga qarshi «20 yil ichidagi eng shafqatsiz» sanksiyalarni nazarda tutuvchi rezolyutsiyasiga binoan Yaponiya Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan sanksiyalarga ko‘ra, shimollik koreyslardan rangli metallar import qilish to‘xtatiladi.

Yaponiya hukumatining bu qarori ramziy bo‘lib, amalda bir necha yil oldin KXDR bilan barcha tovarlar oldi-sottisi to‘xtatilgan. Shuningdek, yangi qarorga ko‘ra Yaponiya hududida KXDRga tegishli moliyaviy muassasalar ochilmaydi. Qo‘shimcha sanksiyalarga ko‘ra KXDRning 16 nafar rasmiysi hamda 12ta tashkiloti "qora ro‘yxat"ga tushgan. Ular rasmiy Pxenyanning raketa-yadro dasturiga aloqadorligi bunga asos bo‘lgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yanada sovuqlashishi transport sohasiga ham aloqador. Tokio o‘z portlarining KXDR kemalari uchun yopadi va bu davlat fuqarolariga viza bermaydi.

Top