15:50 / 12.03.2016
1806

«Altin» rahbari Rossiya Federal xavfsizlik xizmatidan 70 ming oltin buyumni qaytarishni so‘radi

«Altin» zargarlik xoldingi vitse-prezidenti Antonina Babosyuk Rossiya FXX (federal xavfsizlik xizmati)dan sud orqali 70 mingdan ziyod tilla buyumni qaytarib berishini so‘radi. Bu haqida uning advokati Tatyana Nojkina xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, himoyalanuvchisiga faqatgina ashyoviy dalillar orqali bekor qilingan mahsulotlar qaytarilgan. Qonun bo‘yicha esa sudgacha ishlab chiqarish jarayonida olib qo‘yilgan barcha buyumlar qaytarilishi zarur.

Babosyuk o‘z shikoyatida ta'kidlashicha, tintuv va tekshiruv protokoliga asosan uning musodara qilingan zargarlik buyumlari 425 823tani tashkil etgan, ashyoviy dalillarda esa 354 922 mahsulot qayd etilgan. Shunday ekan, musodara qilinganlar ichida ashyoviy dalillar zargarlik buyumlarini 70 901 donaga kam hisoblagan. Ayni damda ushbu buyumlarning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

«Shu masala yuzasidan sudga murojaat etib, Rossiya FXX 3-tergov bo‘limining boshlig‘idan «Altin» savdo markazlaridan musodara qilingan barcha qimmatbaho mahsulotlarni qaytarib olishni va shu yo‘l bilan ularni musodara qilingan mahsulotlarni qaytarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlikni to‘g‘rilashga majburlashini so‘rayman», — qo‘shimcha qildi u. Advokat shikoyat 14 mart kuni Moskvaning Lefortovskiy sudiga kelib tushishini aytib o‘tgan.

Top