21:14 / 12.03.2016
1675

Pokistonda bolalarni sotishga qarshi qonun qabul qilindi

Pokistonda balog‘atga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik, bolalarni sotish va bolalar pornografiyasi uchun jazolash haqidagi qonun qabul qilindi.

Manbaning xabar berishicha, Pokiston senati yuqoridagi jinoyatlar uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.

Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar qonunning prezident tomonidan imzolanganidan keyin kuchga kiradi. Shuningdek, yangi qonun bilan jinoiy javobgarlik yoshi 7 yoshdan 10 yoshga ko‘tariladi.

Jinsiy tajovuzlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bolalar pornografiyasi uchun 7 yillik qamoq jazosi va 700 ming Pokiston rupiysi (7 ming dollar) miqdorida jarima belgilanadi.

Top