19:39 / 12.03.2016
1492

Rossiya tashqi ishlar vazirligida Suriyaning federallashtirilishi muhokama qilinishi "safsata" deb ataldi

Rossiyaning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha maxsus vakili, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov G‘arb bilan Suriyaning federallashtirilishi masalasi muhokama qilinishi haqidagi ma'lumotni rad etdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

"Bu butkul safsata. Davlat qurilishi masalasini suriyaliklarning o‘zi hal qilishi kerak, ular o‘zlari o‘z davlatlari uchun konstitutsiyani tuzishlari va hokimiyat tizimi qanday bo‘lshini belgilashlari kerak", deb aytdi Bogdanov.

Bogdanovning aytishicha, Rossiya Suriya hududi va xalqi yagonaligining saqlab qolinishini eng yaxshi variant deb hisoblaydi.

Avvalroq BMTdagi manba Suriyadagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar ishtirokchilari Suriyaning federallashtirilishi imkoniyatini muhokama qilayotganlarini ma'lum qilgandi.

Top