19:43 / 12.03.2016
1973

Samsung va LG kompaniyalari OLED-panellar ishlab chiqarishda o‘z say'-harakatlarini birlashtirmoqchi

Janubiy Koreyaning LG Display va Samsung Display kompaniyalari bozorning turli segmentlarida bir-biriga azaliy raqobatchilar hisoblanadi, biroq kompaniyalar xitoylik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yopirilayotgan "haybatli kuch" tufayli o‘z say'-harakatlarini birlashtirishmoqchi. The Korea Times nashrining xabar berishicha, LG kompaniyasining bosh direktori Xen Sen-byaom raqobatchisi Samsung’ni OLED-panellar segmentida hamkorlik qilishga taklif qildi.

LG rahbarining ta'kidlashicha, Samsung Display albatta bu taklifni qabul qiladi va bu faqatgina vaqt masalasidir. LG’ning o‘zi esa televizorlar uchun katta OLED-panellar ishlab chiqarish uchun 4 trln von (3,3 mlrd dollar) investitsiya qilmoqchi. Paju shahrida qurilayotgan, OLED-panellar ishlab chiqaruvchi P10 zavodi dunyoda bunday turdagi eng katta zavod bo‘ladi. Bu yerda birinchi panellar 2018 yil iyunida ishlab chiqarilishi boshlanadi. Pajuda nafaqat kompaniyaning o‘z ehtiyojlari, balki Apple kabi nomdor kompaniyalar uchun ham kichik va yirik OLED-panellar ishlab chiqariladi.

Oxirgi vaqtgacha Samsung katta OLED-panellar ishlab chiqarishga katta mablag‘lar sarmoya qilishdan xavfsirayotgandi va smartfonlar uchun kichik panellar ishlab chiqarish bilangina kifoyalanayotgandi. Biroq ikki kompaniya birgalikdagi say'-harakatlar hisobiga katta yutuqlarga erishishlari mumkin.

Top