14:14 / 13.03.2016
1459

Seulda go bo‘yicha jahon chempioni va kompyuter o‘rtasidagi bahsning to‘rtinchi raundi boshlandi

Go sport turi bo‘yicha jahon chempioni, Janubiy koreyalik Li Se Dol 13 mart kuni Britaniyaning Google DeepMind kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan AlphaGo dasturi bilan bellashuvning to‘rtinchi bosqichiga kirishdi.

Bellashuv jami besh raunddan iborat bo‘ladi. O‘tgan uch raundda Li Se Dol kompyuterga yutqazgan edi. Shu ma'noda, million dollarlik mukofotni AlphaGo dasturini ishlab chiqarganlar qo‘lga kiritadi. G‘olib nomi deyarli ma'lum bo‘lib ulgargan bo‘lsada, Li Se Dol “o‘yinni xuddi birinchi raunddagidek shifjoat bilan o‘tkazishga” va'de bergan.

Uchinchi raundni ham boy bergan chempion muxlislaridan uzr so‘radi. “Mendan ko‘p narsa kutgan insonlardan uzr so‘rayman. Men o‘zimni mutlaqo chorasiz his qildim”, — degan edi u.

Top