20:50 / 13.03.2016
1574

"Uotford" "Arsenal"ni Angliya Kubogidan chiqarib yubordi

Bugun Angliya Kubogining chorak finali doirasida "Arsenal" "Uotford"ga qarshi uchrashuv o‘tkazdi.

Jamoalardan birining g‘alabasi birinchi uchrashuvdayoq keyingi bosqich masalasini hal qiladigan turnirning bu bosqichidan "Uotford" o‘tdi.

Mezbonlar ikkinchi taymda ketma-ket 2ta gol o‘tkazib yuborishdi va keyin vaziyatni o‘nglashga ulgurishmadi. Avvaliga Igalo va Gediura 50 hamda 63 daqiqalarda Ospina darvoza gollar urishgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Denni Uelbek javob goli muallifi bo‘ldi. Natijada, 2:1 hisobida g‘alaba qilgan "Uotford" yarim finalda o‘ynaydigan bo‘ldi.

12 mart kuni ham turnirning chorak finalida 2 uchrashuv o‘tkazilgan, unda "Everton" "Chelsi"ni, "Kristal Pelas" esa "Reding"ni bir xil 2:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Chorak finalning to‘rtinchi uchrashuvi "Vest Hem" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Angliya Kubogi
1/4 final
"Arsenal" - "Uotford" - 1:2 (0:0)
Gollar: Igalo, 50 (0:1). Gediura, 63 (0:2). Uelbek, 88 (1:2).
"Arsenal": Ospina, Mertesaker, Gibbs, Chembers, Gabriel Paulista, Yezil, Kokelen, El-Nenni (Ivobi, 67), Sanches, Jiru (Uolkott, 68), Kempbell (Uelbek, 68).
"Uotford": Pantilimon, Predl, Katkart, Nom, Ake, Behrami, Kapue (Anya, 73), Uotson, Gediura (Abdi, 77), Igalo (Amrabat, 82), Dini.
Ogohlantirishlar: Pantilimon, 43. O‘zil, 74.
Hakam: Marriner.

Top