12:36 / 14.03.2016
1486

BAA mudofaa vazirligi uning qiruvchi samolyoti Yaman hududida g‘oyib bo‘lganligini ma'lum qildi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tarkibiga kiruvchi BAA o‘zining qiruvchi samolyoti Yaman hududida g‘oyib bo‘lganligini ma'lum qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabariga tayanib, Reuters ma'lum qilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklari mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, harbiy operatsiyada qatnashayotgan mamlakatning qiruvchi samolyoti radarlardan yo‘qolgan. Xabarda bo‘lib o‘tgan voyeqaga nisbatan boshqa hech qanday yangilik aytilmagan.

Top