15:12 / 14.03.2016
1501

BMTda Shimoliy Koreya yetakchisini jinoiy javobgarlikka tortish kerakligini aytishdi

BMT qoshidagi inson huquqlari qo‘mitasi tergovchisi Darzuki Darusman KXDR yetakchisi Kim Chen Inni insoniyatga qilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortish kerakligi haqida aytdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Men xalqaro hamjamiyatga iltimos bilan murojaat qilib, shuni bayon qilmoqchimanki, ular KXDRning yuqori lavozimli shaxslarini, jumladan, mamlakat yetakchisi Kim Chen Inni qilayotgan ishlariga javob berishga e'tiborlarini qaratishsin”, — deya ta'kidlagan Darusman.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yadro quroli ishlab chiqarish uchun yetarli resurslarga ega, holbuki mamlakatning aksar aholisi uchun oziq-ovqat miqdori yetarli emas.

Top