07:27 / 14.03.2016
1674

Dron kamalak atrofida aylanib, uni ichidan videoga oldi

Internetda dron kamalak atrofida aylanib chiqayotgani videosi paydo bo‘ldi. Video borgan sari ommalashib bormoqda.

Videoda dron o‘rmon bilan o‘ralgan o‘tloqdan havoga ko‘tarilib, kamalak tomonga yo‘nalayotgani ko‘rish mumkin. Dron kamalak atrofida aylanayotganda u biz ko‘rishga odatlangan yarim aylana shaklida emas, balki aylana shaklidaligini ko‘rish mumkin.

Videoga qoldirilgan izohda ushbu voqea Shimoliy Irlandiyada yuz bergani aytilgan.

Top