09:13 / 14.03.2016
1681

La Liga: «Real» «Las-Palmas»ni yengdi, «Valensiya» «Levante»dan mag‘lub bo‘ldi va boshqa natijalar

13 mart oqshomida Ispaniya chempionatida 29-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bir kun oldin o‘tkazilgan uchrashuvlarda «Barselona» «Xetafe» 6:0 hisobida, «Atletiko» esa «Deportivo»ni 3:0 hisobida yenggandi.

Kecha o‘tkazilgan bahslarda turnir jadvalida uchinchi bo‘lib ketayotgan «Real» safarda «Las-Palmas»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi (2:1).

24-daqiqada Serxio Ramos tomonidan hisob ochilgan bo‘lsa-da, shundan so‘ng Zidan shogirdlarida gol urish muammoga aylandi.

«Las-Palmas» futbolchisi Villian Joze 87-daqiqada gol urgach, madridliklar ochko yo‘qotish xavfi ostida qolishdi. Ammo Kazemiro 89-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida Serxio Ramos maydondan chetlatilgan.

Turning qolgan uchrashuvlarida «Valensiya» «Levante»dan yengilgan (0:1), «Sevilya» «Vilyarreal»ni mag‘lub etgan (4:2), «Atletik» ham «Betis»ga imkoniyat qoldirmagan (3:1).

Ispaniya chempionati, 29-tur
Las-Palmas – Real Madrid 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 24 Ramos, 1:1 – 87 Villian Joze, 1:2 – 89 Kazemiro.
Las-Palmas – Varas, Garsiya Santana (Arauxo, 85), Lemos, Bigas, Garrido (Kastelyano, 46), Mesa, Nili (El-Jar, 72), Montoro, Viyera, Momo, Villian Joze.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Pepe, Ramos, Arbeloa, Modrich (Marselo, 90), Kazemiro, Isko (Kovachich, 60), Vaskes, Ronaldu, Beyl (Xese, 79).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (16), Montoro (38), Ramos (54), Lemos (55), Isko (55), Bigas (60), Pepe (61), Viyera (75).
Chetlatish: Ramos (90).

Levante – Valensiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65 Rossi.
Levante – Marino, Lerma, Medjani, Feddal, Xuanfran, Verdu, Simau (Lopes, 74), Versa, Morales, Deyverson (Kamarasa, 86), Rossi (Kasadesus, 76).
Valensiya – Diyego Alves, Joau Kanselu (Barragan, 18), Mustafi, Abdennur, Sikeyra, Parexo, Xavi Fuego, Andre Gomesh (Rodrigo, 61), Feguli, Pako Alkaser, Pyatti (Negredo, 70).
Ogohlantirishlar: Parexo (14), Abdennur (49), Simau (61), Xavi Fuego (77), Mustafi (84), Lopes (90).

Sevilya – Vilyarreal 4:2 (1:2, 3:0)
Gollar: 1:0 – 23 Iborra, 1:1 – 29 Bakambu, 1:2 – 37 Bakambu, 2:2 – 51, avtogol Ruis, 3:2 – 65 Konoplyanka, 4:2 – 90 Reyyes.
Sevilya – Riko, Mariano, Rami, Karrisu, Tremulinas, Iborra (Eskudero, 75), Nzonzi (Kristoforo, 17), Kron-Deli, Banega, Konoplyanka (Reyyes, 70), Gameyro.
Vilyarreal – Areolya, Mario Gaspar, Bonera, Ruis, Bayi (Kastilexo, 46), Rukavina, Pina, Soriano, Suares, Bakambu, Adrian (Baptistao, 70).
Ogohlantirishlar: Banega (6), Bonera (25), Kron-Deli (74).
Chetlatish: Banega (79).

Atletik – Betis 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 34 Sabin Merino, 2:0 – 44 Mikel Riko, 3:0 – 50 Sabin Merino, 3:1 – 85 Ruben Kastro.
Atletik – Iraysos, Boveda, Gurpegi, Laport (Echeyta, 80), Inigo Lekue, San Xose, Mikel Riko, Susayeta, Raul Garsiya (Aduris, 64), Muniain (Elustondo, 67), Sabin Merino.
Betis – Adan, Molinero (Sexudo, 80), Petstselya, Bruno Gonsales, Montoyya, Sanches, Ndiayye, Petros (Sebalos, 51), Musonda, Molina (Fabian Ruis, 51), Ruben Kastro.
Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (20), Ruben Kastro (50).

Top