13:36 / 14.03.2016
1696

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2866 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 15 martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2866 so‘m 75 tiyin etib belgilandi. Bu 10 martdagi kursga nisbatan 5 so‘m 7 tiyinga ko‘p.

15 martdan e'tiboran 1 yevro qiymati 3168 so‘m 54 tiyin (10 martdagi kursga nisbatan 21 so‘m 90 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 441 so‘m 50 tiyin (10 martdagi kursga nisbatan 1 so‘m 69 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 40 so‘m 77 tiyin (10 martdagi kursga nisbatan 1 so‘m 67 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top