14:36 / 14.03.2016
1606

Pokistondagi suv toshqinlari tufayli 49 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda davom etayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli yuz bergan suv toshqinlari 49 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda 14 mart kuni Pokiston FVVga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.

Mamlakatda kuchli suv toshqinlari o‘tgan hafta o‘rtasida Belujistonda boshlangan. Keyinroq suv toshqinlari boshqa hududlarga tarqalgan.

Belujistonda 18 kishi halok bo‘lgan, Panjobda esa qurbonlar soni 10 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, qabilalar boshqaruvidagi hududlarda 15 kishi, Haybar-Paxtunxvada esa 6 kishi halok bo‘lgan.

Xabarda bu suv toshqinlari jami 80 kishining jarohatlanishiga va 75 uyning vayron bo‘lishiga olib kelgani aytilgan.

Top