17:55 / 14.03.2016
1491

Saakashvili partiya tuzishi mumkinligi haqidagi xabarni inkor etdi

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili partiya tuzishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar bergan.

“Men Borovik bilan hech qanday partiya tuzish bo‘yicha gaplashganim yo‘q. Hozir partiya tuzish borasida hech qanday rejam yo‘q. Bu gaplar rost emas”, — deya ta'kidlagan Saakashvili.

Avvalroq Saakashvilining o‘rinbosari Sasha Borovik Mixailning guruhi Oliy rada saylovida qatnashish uchun siyosiy partiya tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.

Top