09:22 / 15.03.2016
1442

"Volfsburg" 75 ming yevro pul yo‘qotib qo‘ygan futbolchisini 25 ming yevrolik jarima bilan jazoladi

"Volfsburg" jamoasi rahbariyati o‘z hujumchisi Maks Kruzega 25 ming yevrolik jarima qo‘llagan. Bu haqda Bild xabar tarqatgan.

Bunga futbolchi Berlindagi taksilardan birida 75 ming yevro miqdoridagi pulni unutib qoldirgani sabab bo‘ldi. Xabar qilinishicha, futbolchi poker o‘ynab, jamoa futbolchilari joylashgan mehmonxonaga qaytishda pul solingan sumkasini taksida unutib qoldirgan.

"Juda ko‘p odamlar buncha miqdordagi pulni ushlab ko‘rishmagan. Biz futbolchi bilan suhbat uyushtirdik. Unda men, murabbiy Diter Hekking va Kruze qatnashdi. Yakunda Maks jazolanadigan bo‘ldi. Biz unga undan bunday harakat kutmaganimizni bildirdik. Men bu jazo unga saboq bo‘lar va u o‘zgarar degan umiddaman. Bizning maqsadimiz futbolchilarni to‘g‘ri yo‘lga solish", deydi jamoa sport direktori Klaus Allofs.

Top