08:18 / 16.03.2016
1370

Marko Rubio prezidentlik poygasidan chiqib ketdi

AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Marko Rubio o‘zining saylovoldi kampaniyasini yakunlashga qaror qildi, deb xabar bermoqda CBS News telekanali. Rubio o‘zi senatorlik qiluvchi Florida shtatidagi praymerizda mag‘lub bo‘lgandan keyin bunday qarorga keldi.

Senator 2016 yilda prezident bo‘la olmasligini hamda agar Tangri buni istamasa, u hech qachon mamlakatni boshqara olmasligini aytdi.

Rubio AQSh kelajagiga hali ham ishonch bilan qarashini ta'kidlab o‘tdi.

Floridadagi praymerizda Xillari Klinton va Donald Tramp g‘alaba qozondi. Rubio olgan natija u uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.

“Superseshanba” doirasida Florida, Illinoys, Missuri, Ogayo va Shimoliy Karolina shtatlarida dastlabki saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Top