14:59 / 16.03.2016
3064

O‘zbek dasturchilari hujjatlarda plagiatni topish imkonini beruvchi dastur yaratishdi

O‘zbek dasturchilari hujjatlarni tekshirish va ularda hujjatlarning lokal bazasidan o‘zlashtirishlar bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun mo‘ljallangan “Plagiatus” deb nomlangan dastur ishlab chiqishdi.

"Mazkur dastur dastlabki bazadan shu hujjatlardagi matn qismlarini chiqarib oladi va dastlabki hujjatda ular orasidagi muvofiqlik qidiruvini amalga oshiradi. Tizim matnning aralashgan qismlaridan tuzilgan hujjatlarda plagiatni topish imkoniga ega. Test natijalari ko‘rgazmali hisobot ko‘rinishida taqdim etiladi", deb xabar beradi O‘zbekiston intellektual mulk agentligi.

Dastur mualliflari Yadgarov Anvar va Yadgarova Malikaga № DGU 03479 raqamli guvohnoma berilgan.

Top